Xorijlik professor talabalarga mahorat darsi oʻtdi

20-dekabr kuni Haydarobod shahridagi Ingliz va xorijiy tillar universiteti professori Sujatha Mukirining onlayn maʼruza darsi boʻlib oʻtdi. Maʼruza davomida professor Mukiri “Talabalarda tinglash koʻnikmalarini rivojlantirish” mavzusida qiziqarli taqdimot bilan talabalarni tanishtirdi. Mutaxassis taqdimot davomida kafedra professor-oʻqituvchilari hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi va dars yakunida taklif uchun minnatdorlik bildirdi.

TTYSI mutasaddilari ITEC kuniga bagʻishlangan tadbirda qatnashdi

20-dekabr kuni Hindiston elchixonasi boshchiligida ITEC kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda TTYSI vakillari ham ishtirok etib, ITEC dasturi boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashishdi. Tadbirda Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabha soʻzga chiqib, dasturning oʻzbekistonlik ishtirokchilariga faol ishtiroki uchun oʻz minnatdorchiligini izhor etdi va dastur boʻyicha Hindistonga yuborilganlar soni 200 mingdan oshganini …