“Eng yaxshi tadqiqotchi” medali muborak bo’lsin!!!

Toʻqimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi professori, texnika fanlari doktori N.R.Xanxadjayeva “Bobek” Milliy harakat yuridik shaxslar uyushmasi (Ostona, Qozogʻiston) tomonidan uyushtirilgan “Eng yaxshi tadqiqotchi-2023” xalqaro loyihasida qatnashib, I-darajali diplom va “Eng yaxshi tadqiqotchi” medali bilan taqdirlandi. Olimaning innovatsiya va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi alohida eʼtirof etildi.