31-yanvar — Xalqaro zargarlar kuni munosabati bilan “Ramz Jewel” brendining asoschisi Ramziddin Azizovning shaxsiy koʻrgazmasi va mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institut talabalari va professor-oʻqituvchilari ham mehmon boʻlishdi. Koʻrgazma davomida oʻzbek milliy zargarlik maktablari, ularning oʻziga xosliklari hamda zamonaviy modellarning milliy koloritga uygʻunlashuvi xususida maʼlumotlar berildi.

Nodir Musamuxamedov, Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi oʻqinbosari.

“Bu maqtov emas, haqiqat — Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti nafaqat mamlakatimizda, balki butun Markaziy Osiyoda oʻz oʻrni va nufuziga ega boʻlgan oliygohdir. Toʻqimachilik yoʻnalishi boʻyicha kadrlar yetishtirib chiqarishda sizlarga teng keladigani yoʻq. Yurt tinchligi va xalqimiz faravonligi uchun sizlarning eng ilgʻor va zamonaviy labaratoriyalaringizdan biz bojxonachilar ham foydalanish niyatida. Keling, bir yoqadan bosh …