7-fevral kuni Istanbul tijorat universiteti vakilari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda TTYSI hamda Istanbul tijorat universiteti bilan hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish bilan bogʻliq harakatlar belgilab olindi. Shuningdek, samarali olib borilgan muzokaralardan soʻng qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Jumladan: Uchrashuv yakuniga koʻra, ITU vakillari Institut tomonidan berilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlab, birgalikda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bayon etdi.

“Fashion Art – 2024” uchun kasting eʼlon qilindi.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida “Fashion Art – 2024” loyihasiga start berilmoqda. Tanlovda qatnashmoqchi boʻlganlar uchun 12-fevralga qadar kasting eʼlon qilindi. Loyihada talabalar oʻzining eskizlari bilan ishtirok etadi. Kastingdan oʻtishni xohlaydigan talabalar uchun maxsus guruh havolasi bu yerda (https://t.me/TTYSI_fashion_art_2024). Oʻz omadingizni qoʻldan boy bermang!  

7-fevral kuni “Bellegprom” Belarus konserni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv konsern raisi Tatyana Lugina va institut talabalari oʻrtasida oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad talabalarning zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida malakasini oshirishi uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Ushbu malaka oshirishda talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi: