Rektor va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

12-fevral kuni Savdo-sanoat palatasida TTYSI rektori Davron Vaxabov bir guruh talabalar bilan uchrashib, suhbat oʻtkazdi. Muhokama davomida rektor “Bir tadbirkor — uch hamkor” loyihasiga toʻxtalib, bu talabalar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishini taʼkidladi. Davron Vaxabov ushbu loyihada shaxsan ishtirok etib, 3 emas, naqd 10 nafar talabani tanlab, ularni kelajakda oʻziga hamkor qilib tarbiyalashini maʼlum qildi. …

Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori.

“11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Ushbu kunni har yili nishonlash orqali ayollarning ilmiy faoliyatda ishtirok etish muammosiga eʼtibor qaratish, ayollar va qizlarning ilm-fan, texnika va innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlarini alohida eʼtirof etish maqsad qilingan. Institutimizdagi barcha ilm-fan sohasi bilan shugʻullanuvchi ayol-qizlarimizni bayram bilan muborakbod etamiz. Sharafli faoliyatingizga rivoj va muvaffaqiyatlar tilaymiz”.

TTYSIda “Bir tadbirkor — uch hamkor” loyihasiga start berildi

12-fevral kuni institut faollar zalida “Kiyim Textile” kompaniyasi rahbari Otabek Hakimov va “Nurafshon-nur” korxonasi rahbari Muhabbat Tashmuhamedova talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Dastlab, institut prorektori Nodira Shotursunova yoʻlga qoʻyilayotgan yangi loyiha shartlari bilan talabalarni tanishtirdi. Shundan soʻng tadbirkorlar faoliyati va yutuqlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi. Loyihaga koʻra, talabalar uch yoʻnalishda takliflarini taqdim etishi kerak: Talabalar …