Talabalar uchun psixoterapik trening boʻlib oʻtdi.

16-fevral kuni talabalar uchun psixoterapik seminar-trening boʻlib oʻtdi. Treningda art-terapiya, yaʼni sanʼat orqali davolanish xususida soʻz bordi. Oʻtish davri, kommunikatsiyaga kirish jarayonida toʻsiqlarga duch kelish yoki ijtimoiy faollikdan choʻchish kabi masalalarda fotografiya, kitob mutolaasi va tasviriy sanʼat bilan shugʻullanishning ahamiyati va inson ruhiy holatining barqarorligi tahlil qilindi.

15-fevral kuni institutimiz talabalari Turkiyaning Sakarya universitetidagi tengdoshlari bilan onlayn aloqaga chiqishdi.

Bugungi kunda toʻqimachilik va yengil sanoat sohasi boʻyicha dunyoda qator davlatlar peshqadamlik qilmoqda. Ular jumlasiga Turkiya ham kiradi. Ushbu qardosh mamlakat bilan ikki davlat rahbari oʻrnatgan doʻstlik va hamkorlik aloqalari nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki oliy taʼlimda ham oʻzining samarali aksini topmoqda. Xususan, 15-fevral kuni institutimiz talabalari Turkiyaning Sakarya universitetidagi tengdoshlari bilan onlayn aloqaga chiqishdi. …

Davron Vaxabovning maqolasi “Yangi Oʻzbekiston”da chop etildi.

Kadrlar tayyorlash va ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Prezident tomonidan belgilan berilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasidagi ustuvor maqsadlar taraqqiyot jarayonini boshlashda nafaqat milliy kasbiy qadriyatlar, balki xorijiy tajribadan foydalanishni ham taqazo etmoqda. “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 16-fevral sonida professor Davron Vaxabovning “Chin hamkorlik — Yevropadan Xitoygacha” nomli tahliliy maqolasi chop …

TTYSI vakillari tomonidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan kadrlar tayyorlashda texnologlar va muhandislar tarbiyasiga katta ahamiyat berish talabi qoʻyilmoqda. Ishlab chiqarish sohasining rivoji va unda malakali mutaxassislarning faoliyat olib borishi Yangi Oʻzbekistonning eng oliy maqsadlaridan biridir. Xususan, yoshlarni zamonaviy kasbiy yoʻnalishlar va texnika sohalaridagi ilm-fanga jalb etish, ular orasida yuqori kvalifikatsiyaga ega xodim imijini tasavvurini shakllantirish uchun joylarda TTYSI vakillari …

Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (phd), dotsent Nodira Shotursunovaning “Kichik biznesda toʻqimachilik yoʻnalishini takomillashtirishda nazariy izlanishlar” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi.

Jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyotimizda koʻproq tayyor mahsulot eksportiga eʼtibor berilmoqda. Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ham bugungi kunda bozorni optimallashtirish va uni har qanday byurokratik toʻsiqlardan tozalash talabini qoʻydi. Shu bois bozor iqtisodiyotining eng zamonaviy va ilgʻor trendlarini va undagi oʻzbek milliy dinamikasini nazariy jihatdan tahlil qilish dolzarbdir. “Inson rivoji va integratsiyasi Amerika ilmiy jurnali”da (American …