Sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni maʼnan va jismoniy yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish bugun davlatimiz rahbari oldinga qoʻyayotgan eng oliy maqsadlardan biridir.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Talabalar ligasi” sport oʻyinlarining futbol boʻyicha ikkinchi bosqichi 17-fevral sanasida institutimizda boʻlib  oʻtdi. Oʻyinda Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida joylashgan oliy taʼlim muassasalari futbol jamoalari ishtirok etdi. Eʼtirof etish joizki, ushbu bosqichda institutimiz jamoasi qoʻli baland keldi.

Davlat rahbari tomonidan ayollar orasida rahbarlarni koʻpaytirish, menejment va boshqa sohalarning boshqaruv strukturalarida xotin-qizlarning ishtirokini samarali taʼminlash ishlari qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Xususan, 11-fevral Xalqaro olimalar kuni ham yurtimizda keng miqyosda nishonlandi. Sana doirasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti olima ayollari vakillari institut qoshidagi akademik litseydagi xotin-qizlar  bilan uchrashuv tashkil qildi. Suhbat davomida yosh va tajribali olimalar oʻzlarining ilmiy faoliyatlari xususida soʻzlab berdi.