20-fevral kuni institut kengashining navbatdagi yigʻilishida qator xodim va talabalar taqdirlandi.

Ular orasida davlat nomdor stipendiatlari, ilmiy daraja va unvon diplomini olganlar hamda pedagogika sohasiga oʻz hissasini qoʻshib uzoq yillar beminnat mehnat qilganlar boʻldi. Bundan tashqari, kelgusi oʻquv yilida magistratura yoʻnalishi boʻyicha yosh tadqiqotchilarni jalb etish ishlari boshlanib ular uchun chet tillari boʻyicha bepul oʻquv kurslarini ish boshlagani maʼlum qilindi.

Dildora Akobirova, “BJeans” korxonasining rahbari.

“Opajon, siz bilan ishlashga hamisha tayyorman. Bilasizmi, juda innovatsion gʻoya boʻlibdi. Bu loyiha prezidentimiz taʼkidlaganidek, yuqori sifatli muhandislar va texnologlarni tarbiyalashda dastak boʻladi hali. TTYSI talabalari uchun fabrikamiz eshiklari hamisha ochiq. Ular jarayonni oʻz koʻzlari bilan koʻrishlari kerak. Loyihaga kelsak, men uchun unda ishtirok etish katta mamnuniyatdir”.

20-fevral kuni “Bir tadbirkor — uch hamkor” loyihasi doirasida navbatdagi tadbirkor bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Galdagi tadbirkor ayol sifatida Oʻzbekistondagi “BJeans” korxonasining rahbari Dildora Akobirova loyihada ishtirok etish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi. Bundan tashqari, tadbirkor bilan boshqa qator istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha ham hamkorlik olib boriladi. Jumladan: