“Tecon”ning tengsiz tajribasi hamda TTYSIning Osiyoda yagona moddiy bazasi ushbu soha yoʻnalishi boʻyicha malakali kadrlar yetishib chiqishiga salmoqli hissa qoʻshadi.

Shu bois 27-fevral kuni kompaniya bilan kelishuv qayta imzolanib u oʻz ichiga qator istiqbolli yoʻnalishlardagi hamkorlikni oladi. Jumladan: Shuningdek, uchrashuv soʻnggida kompaniya rahbari – Giorgio Menikoni TTYSIning Italiyadagi bevosita vakili boʻlish istagini bildirdi.

TTYSI va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Italiyaning “Patrica Group” kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Korxona Jahonning eng taniqli brendlari, jumladan, Gucci, Louis Vuitton, Fendi, Salvadore Ferragamo, Chanel kabilarni eng soʻnggi va ilgʻor uskunalar bilan taʼminlaydi va ularga ishlab chiqarish loyihalarini taqdim etadi. Xususan, professor D.Vaxabov taklifiga binoan kompaniya va institut oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. Unga koʻra, mexanika va mashinasozlik yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan professor oʻqituvchilar uchun malaka oshirish hamda …

27-fevral kuni institut delegatsiyasi Italiyaning Toskana konsorsiumi oʻquv markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vakillar markazda mavjud barcha shart-sharoitlar, oʻquv auditoriyalar, laboratoriya va ishlab chiqarish sexlari bilan tanishib chiqishdi. Markaz rahbariyat bilan olib borilgan muzokaralardan soʻng TTYSI professor oʻqituvchilarining malaka oshirish hamda talabalarining kasbiy-amaliyotini tashkil etishga erishildi.

Xalqaro akademik hamkorlikning navbatdagi manzili: institutimiz delegatsiyasi Italiyaga tashrif buyurdi. 

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining saʼy-harakatlari oʻlaroq, nafaqat raqamli texnologiyalar, balki turli muhandislik asbob-uskunalarning komponentlariga ham katta qiziqish uygʻonmoqda. Boisi ular ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, mahsulot sifatini oshirish hamda jahon bozorini zabt etishda zamin yaratadi.  Savdo-iqtisodiy hamkorlikning yana bir muhim jihati oʻzbek paxtasini qayta ishlash va uning asosida eksportga yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun Italiya …