Toshkent shahri va viloyati boʻylab targʻibot ishlari davom etmoqda. 

Uchtepa va Quyi Chirchiq tumanlaridagi maktablarda ham anʼanaga koʻra, oliygohda mavjud fakultet va yoʻnalishlar, olib borilayotgan islohotlar, ochilishi rejalashtirilgan yangi yoʻnalishlar, qoʻshma taʼlim dasturlari va dual-taʼlim tizimi xususida batafsil maʼlumotlar berilmoqda. Olib borilgan suhbatlar soʻnggida abituriyentlar institutimizda tashkil etilajak ochiq eshiklar kunlariga taklif etildi.

TTYSI delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdi.

4-mart kuni Myunxenbergdagi Xof universiteti rektori Y.Lemann va TTYSI Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori N.Shotursunovaning uchrashuv boʻlib oʻtdi.  Suhbat davomida oliygohlar oʻrtasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi:  Delegatsiya aʼzolari Xof laboratoriyalari va oʻquv jihozlarini bilan tanishib chiqqanidan soʻng imzolanishi rejalashtirilgan memorandum loyihasi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Xof universiteti rektori Y.Lemanni Oʻzbekistonga tashrif istagi borligini …

Aziz va moʻtabar ayollar!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik baxt va omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizda katta yutuqlarga erishishingiz tilakdoshimiz. Hurmatli TTYSI JAMOASI! Sizni Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti professor-oʼqituvchilari, xodim va talaba-yoshlar oʼrtasida bayram munosabati bilan 2024-yil 6-mart kuni soat 11:30 da “Ayol borki, olam munavvar” nomli …