Institutda mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

ARM va ilmiy innovatsiyalar ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi tashabbusi bilan “E-LINE PRESS” kompaniyasi institut doktorantlari uchun “EBSCO maʼlumotlar bazalari bilan ishlash: toʻqimachilik va yengil sanoat sohasida dolzarb maʼlumotlarni izlash” mavzusida amaliy seminar oʻtkazdi. Seminar yakunida yosh olimlar “EBSCOhost” platformasida ilmiy manbalardan foydalanish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish, ularning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish hamda mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshadigan va jahon sanoat bozorida talab katta boʻlgan yoʻnalishlarni ularga tanishtirib borish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

Xususan, institutimizda ham oʻsib kelayotgan avlod vakillariga mavjud texnik va akademik imkoniyatlarni koʻrsatish hamda ularning ilm-fanga boʻlgan qiziqishi oshirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuniga start berildi. Targʻibot estafetasini Kimyoviy texnologiya kafedrasi boshlab berib professor-oʻqituvchilar tomonidan abituriyentlarga institutda mavjud moddiy-texnik baza hamda professorlik jamoasi batafsil tanishtirildi.