Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talaba-yoshlari bilan о‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoniga asosan, Oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘rtasida “Yangi О‘zbekiston yoshlari” shiori ostida mini-futbol sport turidan 18-noyabr kuni Toshkent tо‘qimasilik va yengil sanoat instituti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talaba-yoshlari о‘rtasida о‘rtoqlik uchrashuvi bо‘lib о‘tdi.

“DISTRITECH” TOO texnik mutaxassislari tomonidan oʻquv treningi tashkil etildi

Islom Taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi OOʻMTV ning 2021-yil 11-noyabrdagi 87-02-1260 sonli xatiga asosan, kafedra ilmiy laboratoriyasiga oʻrnatilgan suyuqlik xromatografini ishlash jarayonini oʻrganish maqsadida “DISTRITECH” TOO texnik mutaxassislari tomonidan joriy yilning 18-noyabr kuni oʻquv treningi o’tkazildi. Oʻquv treningda TKTI Yangiyer filiali, Olmaliq filiali, Shahrisabz …

“YUKSAK SERVIS” MCHJ rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 19-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Toshkent shahar Sergeli tumanida tashkil etilayotgan, jinsi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “YUKSAK SERVIS” MCHJ rahbariyati bilan To‘qimachilik materialshunosligi, Tikuv buyumlari texnologiyasi, Kimyoviy-texnologiya (to‘qimachilik sanoati), Texnologik mashinalar va jihozlar hamda Korporativ boshqaruv kafedralarini bitirayotgan bakalavr va magistrlar o‘rtasida bitiruvchilarni ishga olish va talabalar amaliyotini tashkil etish …

Muqaddasdir vatan bayrog’i!

2021-yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan ushbu sana respublikamizning barcha hududlarida bayram sifatida keng nishonlanmoqda. Jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham ko‘tarinki kayfiyat ila tadbir tashkil etildi. Dastalab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbirda institut rektori, texnika fanlari doktori – …

Milliy bayrog‘imiz 30 yoshda!

Assalomu alaykum hurmatli Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining fidoyi va jonkuyar xodimlari, aziz talaba-yoshlar! Bugun 18-noyabr – О‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kun. Biz ushbu muazzam kunlarni qadriga yetgan holda doim katta shodiyona sifatida bayram ila nishonlaymiz. Bizning faxr va iftixorimiz ramziga aylangan Davlatimiz Bayrog‘ida xalqmizning kо‘p ming yillik tarixi, orzu-intilishlari, betakror tabiati, …

“TAYANCH DOKTORANTURA” (PhD) ga mutaxassislik fanlaridan qabul imtihonlari o‘tkazildi

2021-yilning 17-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-bino 222-xonasida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga 2022-yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) mutaxassislik fanlaridan qabul imtihonlari yakuniga yetdi.Unda 05.02.03-“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” hamda 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosliklari bo‘yicha talabgorlar imtihon topshirishdi. Imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida quyidagi …

17-NOYABR – BUTUNJAHON TALABALAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Jamiyat umidi, davlat ishonchi, insoniyatning oqil, dono va bilimdon tabaqasi bo‘lgan aziz va qadrli talaba-yoshlar hamda inson umriga bezak bo‘lguchi oltin davr sohibi-yu sohibalari! Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan sizlarni chin dildan tabriklab, avvalo, sog‘lik-salomatlik, baxt-iqbol, kuch-g‘ayrat, bilim yo‘lidagi izlanishlaringizda omad va zafarlar tilab qolaman. Kelgusi о‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar, sо‘nmas kuch-g‘ayrat, ilhom, yorqin xotiralar yor bo‘lsin. …

TTYeSIda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari olib borildi

Hammamizga ma’lumki, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish, shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, yig‘ilish davomida “dolzarb 40 kunlik” nomli aksiya e’lon qilingan edi. Shu …

Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘ilab, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

2021-yilning 16-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa texnologiyalari fakulteti “Korporativ boshqaruv” kafedrasining professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlari (13a-19, 13-19, 13r-19) ishtirokida Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Oybek asarlaridan iqtiboslar keltirilib, she’rlaridan namunalar о‘qildi. Jumladan, 13r-19 guruhi talabasi Diyora Almardonova adibning faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotni namoyish qildi …

TTYeSI hamda Shanxay politexnika universiteti о‘rtasida ilmiy-amaliy seminar treningi о‘z ishini boshladi

Joriy yilning 16-sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi kafedrasi hamda Shanxay politexnika universitetining matbaa fakulteti о‘rtasida ilmiy-amaliy seminar treningi о‘z ishini boshladi. Seminar ochilish marosimida TTYeSI rektori Ilxom Sabirov, Shanxay (XXR)dagi О‘zbekiston elchisi Aziz Ulug‘bekov, Shanxay politexnika universiteti rektori Chen Bin, Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi professor-о‘qituvchilari hamda …