YANGILIK VA TADBIRLAR

Hamisha e’zozimizdasiz – aziz ustozlar!

11
Har yili “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan o‘zgacha e’tibor saqlanib qolgan. Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ustoz va murabbiylar uchun tantanali bayram o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori Ilxom Sabirov oliygohda faoliyat olib boradigan barcha professor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar hamda butun jamoani kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda ustozlarni tarannum etadigan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Talaba-yoshlar tomonidan tashkil etilgan sahnaviy ko‘rinishlar, ajoyib she’rlar hamda shogirdlar tomonidan ustozlarga qarata aytilagan dil so‘zlari esa bayram kayfiyatiga yanada o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!