Ustozlik – baxtdir, faxrdir!

Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan insonlarni unutmasligi lozim. Aziz xalqimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek, bir umrga yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, ta’lim – tarbiya ber» – deyilgan. Olamning gultojisi inson bo‘lsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Shunday ekan ularga hurmat, …

Ustoz va murabbiylarga ehtirom!

Dunyo imoratlarining ichida eng ulugʻi maktab boʻlsa, kasblarning ichida eng sharaflisi va ulugʻi oʻqituvchilik va murabbiylikdir. Ustoz – bu zotni har qancha eʼtirof etsak oz. Shu munosabat bilan “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” yurtimizning barcha go‘shalarida shukuhli bayram shodiyonasi sifatida nishonlanmoqda. Xususan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va o‘rta ta’lim maskanlarida …

Bayramingiz muborak – aziz ustozlar!

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 2021-yil 29-sentyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi a’zolari kafedrada uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan fidoyi professor-o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklash maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ularning namuna bo’ladigan hayot yo’llariga nazar solinib, Institutdagi barcha shogirdlari tomonidan samimiy qutlandi.

Hamisha e’zozimizdasiz – aziz ustozlar!

Har yili “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan o‘zgacha e’tibor saqlanib qolgan. Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Joriy yilning 29-oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik …

“Uch avlod uchrashuvi”

Joriy yilning 29-sentyabr kuni “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida “1-Oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kafedrada ko‘p yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar, kafedra professor-o‘qituvchilari va 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida 1-kurs talabalariga kafedra faoliyati tanishtirildi. Faxriy ustozlar o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. …