YANGILIK VA TADBIRLAR

BELORUSIYA RESPUBLIKASIGA TASHRIF

photo_2021-12-15_16-28-32
Belorusiya va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ta’lim sohasidagi tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida, ikki davlat о‘rtasidagi shartnomalariga asoslanib, joriy yilning 20-23-dekabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori I.K.Sabirov rahbarligida, Yengil sanoat texnologiyasi fakultet dekani R.J.Akbarov va Ishlar boshqarmasi boshlig‘i B.N.Boboxo‘jayev Vitebsk davlat texnologiya universitetida rasmiy xizmat safarida bo‘lishdi. Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasida ikki oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarning o‘zaro stajirovka va malaka oshirishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilm va ta’lim sohalarida xalqaro hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish hisoblanadi. Tashrif davomida mehmonlar Vitebsk davlat texnologiya universitetining muzeyi, moddiy texnik bazasi hamda Belorusiya Respublikasining tarixiy obidalarini ko‘zdan kechirishdi. Institutimiz rektori Ilxom Sabirov Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan qо‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari yashash hamda о‘qish sharoitidan xabar olib, ular bilan yaqindan suhbat olib bordi. Tashrif yakunida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan qо‘shma ta’lim dasturi bо‘yicha o‘zaro hamkorlik kelishuvi bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!