Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “BAHOR NAFASI” onlayn tanlovi o’tkazildi

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “BAHOR NAFASI” onlayn tanlovining respublika bosqichida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti “Kostyum dizayni” kafedrasi 25a-20 guruh talabasi Saidnuriddinova Muslima 🥈 2-o‘rinni egallab, DIPLOM bilan taqdirlandi. Institut talabasini erishgan yutug‘i bilan tabriklaymiz!  

BELORUSIYA RESPUBLIKASIGA TASHRIF

Belorusiya va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ta’lim sohasidagi tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida, ikki davlat о‘rtasidagi shartnomalariga asoslanib, joriy yilning 20-23-dekabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori I.K.Sabirov rahbarligida, Yengil sanoat texnologiyasi fakultet dekani R.J.Akbarov va Ishlar boshqarmasi boshlig‘i B.N.Boboxo‘jayev Vitebsk davlat texnologiya universitetida rasmiy xizmat safarida …

100-umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Meros” mahallasida joylashgan 100-umumta’lim maktabida “Kafedra kuni” rejasi doirasida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan institut haqida, uning imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘plab savollar berildi. Faol qatnashgan o‘quvchilarga esdalik uchun kitoblar sovg‘a qilindi.