YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutdagi imkoniyati cheklangan yoshlar bilan uchrashuv

photo_2022-03-29_14-15-58 (2)

Navrо‘z – ezgulik, yaxshi niyat va yaxshi amallar ayyomidir. Bayram munosabati ila institut rahbariyati tomonidan imkoniyati cheklangan (nogironli bo‘lgan) hamda chin yetim talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ko‘ngliga xushnudlik baxsh etish maqsadida bayram tadbiri tashkil etilib, esdalik sovg‘alari ulashildi.

Uchrashuvda o‘quv yurti rektori Ilxom Sabirov talaba-qizlarni Navro‘zi olam bilan muborakbod etib, jamoa nomidan samimiy qutladi. Shuningdek, yig‘ilish davomida suhbat olib borilib, ularning xohish-istaklari tinglandi. Institut rahbariyati tomonidan talabalar turar joyida yashovchi ushbu yoshlarga magistraturada ham o‘qishni davom ettirishlari, til o‘rganish bo‘yicha o‘qituvchilar individual tarzda biriktirilishi yuzasidan amaliy tarzda yordam berilishi va’da qilinib, bu yo‘lda qanday ko‘mak kerak bo‘lsa doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi alohida ta’kidlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!