Oliy ta’lim muassasalari yoshlari bilan uchrashuv

Joriy yilning 28-mart kuni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Toshkent shahar prokuraturasi va Yakkasaroy tumani hokimligi vakillarining Yakkasaroy tumanida joylashgan Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari bilan uchrashuv hamda bо‘sh ish о‘rinlari mehnat yarmarkasi bо‘lib о‘tdi. Unda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi hamda talabalari faol ishtirok etdi. Bо‘sh ish о‘rinlari mehnat yarmarkasi natijasida …

IJARADA YASHAYOTGAN TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!!!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga muvofiq Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat institutida tahsil olib,Ijarada yashayotgan talabalarga Aprel oyi uchun oylik ijara to‘lovining bir qismi to‘lab berilayotganini ma’lum qilamiz. Ariza beruvchi tomonidan oyning7-sanasiga qadar arizalar mas’ullarga taqdim etilsin.Ushbu …

Sumalak.

Bugun, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan sumalak taomi tayyorlanmoqda. Unda institut rektori Ilxom Sabirov, prorektor, dekan va bo’lim boshliqlari hamda jamoa ishtirok etib, yaxshi niyat ila boshlanadigan ishlar ro’yobini tilab ezgu fikrlar bildirildi. Eslatib o’tish joizki, ertaga 30-mart kuni institut hovlisida Navro’z shodiyonasini keng omma va jamoatchilik ishtirokida o’tkazish …

TTJda sumalak sayli oʻtkazildi

Joriy yilning 28-mart kuni erta tongdan talabalar turar joyida sumalak tayyorlagarligi boshlanib, doshqozonga sumalak solindi. Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga chambarchas bo‘lgan tadbir hisoblanadi. Har yili Navroʻz bayrami munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘larini yanada mustahkamlash maqsadida bayram tadbirlari tashkil etiladi. Bu …

Institutdagi imkoniyati cheklangan yoshlar bilan uchrashuv

Navrо‘z – ezgulik, yaxshi niyat va yaxshi amallar ayyomidir. Bayram munosabati ila institut rahbariyati tomonidan imkoniyati cheklangan (nogironli bo‘lgan) hamda chin yetim talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ko‘ngliga xushnudlik baxsh etish maqsadida bayram tadbiri tashkil etilib, esdalik sovg‘alari ulashildi. Uchrashuvda o‘quv yurti rektori Ilxom Sabirov talaba-qizlarni Navro‘zi olam bilan muborakbod etib, jamoa nomidan samimiy qutladi. Shuningdek, …