YANGILIK VA TADBIRLAR

“Yoshlar ovozi” tanlov g‘oliblari rektor qabulida

photo_2022-04-22_12-53-45

2022-yilning 15-aprel kuni “5 tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi” ko‘rik-tanlovida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari Abror Amirov, Elbek Arslanov hamda Jahongir Omonovlar jonli kuy-qo‘shiqlari bilan barchani mamnun etib, tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yakkasaroy tuman hokimi va Yoshlar ishlari agentligi Yakkasaroy bo‘limi rahbari tomonidan munosib taqdirlandi.

2022-yilning 21-aprel kuni talabalarni institut rektori Ilxom Sabirov munosib e’tirof etib, kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat hamrohligini tiladi. Shuningdek, iqtidorli yoshlar har doim rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!