“Mohir qo‘llardan – mehrli qo‘llarga!”

2022-yilning 21-aprel kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakultetining “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va 8r-21 guruh talabalari bilan birgalikda Yashnobod tumanida joylashgan 103-sonli maktab-internatida “Mohir qo‘llardan – mehrli qo‘llarga” shiori ostida tashkil etilgan mehnat yarmakasida ishtirok etishdi.

“Yoshlar ovozi” tanlov g‘oliblari rektor qabulida

2022-yilning 15-aprel kuni “5 tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi” ko‘rik-tanlovida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari Abror Amirov, Elbek Arslanov hamda Jahongir Omonovlar jonli kuy-qo‘shiqlari bilan barchani mamnun etib, tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yakkasaroy tuman hokimi va Yoshlar ishlari agentligi Yakkasaroy bo‘limi rahbari tomonidan munosib taqdirlandi. 2022-yilning 21-aprel kuni talabalarni institut rektori …

Institut va Mahallalar hamkorligi davom etmoqda

Joriy yilning 20, 21-aprel kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi hamda Yakkasaroy tumani “Muhandislar” va “Shoxjahon” MFY yoshlari hamkorligi ostida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportni ommalashtirish maqsadida mahalla yoshlari va talabalar o‘rtasida sportning “Stritbol” va “Yengil atletika” turlari bo‘yicha musobaqalar о‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari medal va diplom bilan taqdirlanib, …

TTYeSI da shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi!

Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi va «Sky Chess» maktabi bilan hamkorlikda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida respublikamiz bo‘ylab «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» shaxmat turnirini o‘tkazilmoqda. 22-aprel kuni soat 12:00da#Toshkent_tõqimachilik_va_yengil_sanoat institutining Axborot-resurs markazida «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» shaxmat turnirining Yakkasaroy tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar va o’qituvchilarni taklif etib qolamiz. Ushbu …

Oybek ma’naviy xazinasi – yoshlar nigohida

Oybek – hayot chog‘idayoq el-yurt o‘rtasida nafaqat buyuk adib, balki buyuk inson sifatida mashhur bo‘lgan benazir shaxs. Uning barhayot siymosi esa xotiralarimizda mangu qoladi. Joriy yilning 20-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatiga biriktirilgan serqirra ijod sohibi, Oʻzbek adabiyotining olamshumul shuhratini yanada oshirgan Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga qarata Adiblar xiyoboni …

Islohotlar amalda

2022-yilning 5-aprel kuni Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xalq ta’limini isloh qilish bо‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-aprel kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Muhandislik grafikasi va mexanikasi” kafedrasi dotsenti D.A.Mamatova, assistentlar J.R.Karimbayev, Sh.M.Sindarova, M.S.Pardayevlar Yangiyo‘l tumanida joylashgan 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabini pedagogik jamoasi bilan suhbat o‘tkazilib, ularning kasbiy ehtiyojlari aniqlandi va …

Kafedra kuni

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida 2022-yilning 21-aprel kuni “Kafedra kuni” o‘tkazilib, talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlar hamda kimyo fanidan amaliy laboratoriya jarayonlari tashkil etildi.

TTYeSI press klubi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida zamonaviy qulaylik va jihozlarga ega bo‘lgan Press-klub o‘z ishini boshladi. Endilikda ushbu xonada muntazam ravishta ochiq muloqot suhbatlari o‘tkazib boriladi. Joriy yilning 21-aprel kuni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Gulamov, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor S.Tashpulatov, O‘quv ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i A.Ismailov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va …