YANGILIK VA TADBIRLAR

24 aprel – 4 may 2023. Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi profesor- oʼqituvchilari va talabalari Gretsiya Davlatining Krit oroli Xanya shaxrida, Akrotiri Campus da joylashgan Krit texnika universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi “Oʼzbekiston-Qozogʼiston oliy oʼquv yurtlarining charm va charm attorlik buyumlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirish” doirasida seminar-treningda qatnashdi.

photo_2023-08-16_18-22-06

Mazkur treningda, shuningdek Jizzax politexnika instituti, qoʼshni davlatdan Qozogʼistonning Taraz regional universiteti va M. Auezov nomidagi Janubiy-Qozogʼiston universitetining bir qator prof-oʼqituvchilari va talabalari ham ishtirok etishdi.
Seminar-trening mobaynida Krit texnika universiteti tarixi, buguni va kelajagi toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Oʼquv jarayoni va taʼlim tizimi boʼyicha maʼlumotlarga ega boʼlindi. Jumladan, texnik yoʼnalishida oʼqish 5 yillik master darajasini, ijtimoy-gumanitar yoʼnalishida esa 4 yillik bakalavr darajasini olishi hamda bunday tizim butun Yevropa taʼlim tizimiga mos kelishi taʼkidlab oʼtildi
Loyihaning bosh koordinatori, prof Nikolaos Bilalis “Innovatsiyalar va tadbirkorlik” mavzusida maʼruza oʼtdi. Bunda yangi mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarish uchun tadqiqotlar olib borish, raqamlashtirilgan texnologiyalardan foydalanish, koʼp tarmoqli hamkorlik natijasida yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulotning hayot (yaratilishi, tanishtirilishi, oʼsishi, xaridorgirligi, isteʼmoldan chiqishi) davrlari toʼgʼrisida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʼlindi.

Yakuniy bosqichda bosh koordinator, prof. Nikolaos Bilalis tomonidan ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!