24 aprel – 4 may 2023. Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi profesor- oʼqituvchilari va talabalari Gretsiya Davlatining Krit oroli Xanya shaxrida, Akrotiri Campus da joylashgan Krit texnika universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi “Oʼzbekiston-Qozogʼiston oliy oʼquv yurtlarining charm va charm attorlik buyumlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirish” doirasida seminar-treningda qatnashdi.
Mazkur treningda, shuningdek Jizzax politexnika instituti, qoʼshni davlatdan Qozogʼistonning Taraz regional universiteti va M. Auezov nomidagi Janubiy-Qozogʼiston universitetining bir qator prof-oʼqituvchilari va talabalari ham ishtirok etishdi.Seminar-trening mobaynida Krit texnika universiteti tarixi, buguni va kelajagi toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Oʼquv jarayoni va taʼlim tizimi boʼyicha maʼlumotlarga ega boʼlindi. Jumladan, texnik yoʼnalishida oʼqish 5 yillik master darajasini, ijtimoy-gumanitar …