YANGILIK VA TADBIRLAR

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida hamkorlik ishlari

RLS_7654

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasining dotsentlari M.U. Ilxamova hamda M.B.Shamsiyevalar 2023 yil 9-13 oktabr kunlari M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston va Dulati universitetlarida Erasmus+ 618930-EPP-1-2020-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP “REILEAP: О‘zbekiston va Qozog‘iston oliy о‘quv yurtlarida charm va charm buyumlarini ishlab chiqarish salohiyatini oshirish” loyihasi bо‘yicha hamkorlik uchrashuvida qatnashish uchun Qozog‘istonning Chimkent va Taraz shaharlarida xizmat safarida bо‘lib qaytdilar.
Mazkur universitetlarda, loyiha doirasida tashkil etilgan oʼquv-ilmiy va amaliy laboratoriyalarining tantanali ravishda ochilish marosimlarida hamda loyihada nazarda tutilgan ishlarni olib borishda mavjud muammolar va ularning yechimlari toʼgʼrisida boʼlib о‘tgan seminar-treningda ishtirok etdilar. Qozogʼiston xalqining mehmonlarga boʼlgan munosabati, milliy urf-odatlari bilan boyitilgan dasturlar barchada iliq taasurot qoldirdi.
Bundan tashqari, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Dulati nomidagi Taras hududiy universiteti о‘rtasida xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!