YANGILIK VA TADBIRLAR

Germaniya universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Germaniyaning Hochschule Niyederrhein universiteti masʼullari bilan 6-noyabr kuni onlayn uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv “Germaniya va Oʻzbekistonda toʻqimachilik sohasida barqaror va innovatsion taʼminot zanjirini yaratish” hamkorlik dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirildi. Unda tomonlar talaba va professor oʻqituvchilar almashinuv dasturlari va ularning tafsilotlariga toʻxtalib, xalqaro hamkorlik koordinatori Monika Eigenstetter xonim dasturni amalga oshirish uchun tomonlardan talab etiladigan shartlar va Germaniyada xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni sanab oʻtdi. Shuningdek, TTYSI vakillari tomonidan istiqbolli taklif va gʻoyalar berildi. Ular jumlasidan, oʻqituvchilararo dual taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tajriba almashish dasturlarini yaratish, dizayn sohasini rivojlantirish maqsadida Hochschule Niyederrhein universitetida mavjud kiyimlarni loyihalashda avtomatlashtirish tizimidan foydalanish amaliyotini TTYSIda oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, ikki oʻquv yurti oʻrtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Erasmus+ dasturini amaliyotga keng tatbiq etish kabi takliflar berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!