Germaniya universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Germaniyaning Hochschule Niyederrhein universiteti masʼullari bilan 6-noyabr kuni onlayn uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv “Germaniya va Oʻzbekistonda toʻqimachilik sohasida barqaror va innovatsion taʼminot zanjirini yaratish” hamkorlik dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirildi. Unda tomonlar talaba va professor oʻqituvchilar almashinuv dasturlari va ularning tafsilotlariga toʻxtalib, xalqaro hamkorlik koordinatori Monika Eigenstetter xonim dasturni amalga oshirish uchun tomonlardan talab etiladigan shartlar …

Taniqli grafik dizayner talabalarga mahorat darsi oʻtdi.

7-noyabr kuni Rossiya Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti (MISIS)ning katta oʻqituvchisi, grafik-dizayn boʻyicha mutaxassis Umid Alimov ishtirokida mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Mahorat darsi Muhandislik grafikasi va mexanikasi kafedrasidan tashkil etildi va unda 1-bosqich dizaynerlik yoʻnalishidagi talabalarga AutoCAD dasturidan foydalanish xususida maʼlumotlar va amaliy tajribalar oʻtkazilib berildi. Dars avvalida Umid Alimov dasturning qator qulayliklari, jumladan, vaqtni tejash, …

3-noyabr kuni Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tashabbusi bilan “Zamonaviy filmlar va ularni yoshlar ongiga taʼsiri” nomli bahs-munozara oʻtkazildi.

Munozarada talabalar zamonaviy filmlar va ularning yoshlar ongiga salbiy taʼsiri haqida 2 guruhga boʻlinib, ingliz tilida oʻzaro bahs boylashdi. Ular filmalr va ularning turlari haqida turli xil viktorina mashqlarini bajardi. Mavzu doirasida yoshlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida globallashuv jarayonlari tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda har bir xalq oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga, tarixiy negizlaridan uzoqlashib ketmaslik …