YANGILIK VA TADBIRLAR

Uchinchi shoʻba innovatsion texnologiyalar istiqboliga bagʻishlandi.

3 Sho‘’ba – Charm-poyabzal, mo‘ynachilik va kimyo sanoatida innovasion texnologiyalarining istiqbollariga bag‘ishlangan.
Unda O‘zbekiston-Turkiya “ANKA” qo‘shma korxonasi direktor o‘rinbosari Ali Nixat Fundikchi “ANKA” firmasida ldfqeuk tizimining shakllanishi va istiqbollari haqida ma’ruza qilib, oxirgi 4 yilda O‘zbekistonda charm-poyabzal sohasi sezilarli darajada rivojlanganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek institutda dual ta’lim yo‘nalishi berayotgan natijalar talabalarning o‘qishga usayotgan qiziqishi misolida yaqqol ko‘rinib turganini aytib o‘tdi.
M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti mutaxassisi Kaldirbaeva Gulbustan Yusupjanovna “Yigirilgan paxta ipidan ko‘ylakbop to‘qimalarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va ularga kimyoviy ishlov berish” yo‘nalishi bo‘yicha qiziqarli ma’ruza qilib berdi.
Shundan soʻng Charm-poyabzal, mo‘ynachilik va kimyo sanoatida yetakchi boʻlgan korxonalar vakillari va institut professor o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Ma’ruzalar yuzasidan qizg‘in mulohazalar bo‘ldi va ijobiy ta’surot qoldirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!