Diqqat e’lon!!!

О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida” 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli qarorining 24-bandi ijroda… 🙌🏻 TTYESI jamoasini 2023-yil 1-dekabr kuni soat 15:00 da Talabalar turar joyida tashkil etiladigan “KARAOKE TIME” ko’ngilochar tadbiriga taklif qilamiz… 📍Unda ishtirok etib, o’z qobiliyatingizni namoyon qilishingiz mumkin, faol qatnashganlar rag’batlantiriladi… Tashkilotchilar: tyutor …

Milliy libos – millat qiyofasi, inson kо‘rki, milliy iftixor ifodasi. Milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik о‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, о‘ziga xos xususiyatlari mujassam…

🙌 2023-yil 1-dekabr kuni TTYESI Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining faol jamoasi tomonidan “Milliy liboslarimiz-millat ko’rki” shiori ostida talaba-qizlar o’rtasida  “Milliy liboslar ko’rgazmasi” bo’lib o’tadi. Ushbu ko’rgazmada ishtirok etib, o’z fikr-mulohaza va takliflaringiz, taassurotlaringizni bildiring… Tashkilotchilar: M.Aripdjanova; F.Jumanazarova!

Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok eting!

Joriy yilning 9-dekabr kuniga qadar Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi o‘tkaziladi. Aksilkorrupsiya oyligi doirasida fakultetlar tomonidan “Ochiq eshiklar kuni”, Talaba yoshlar o‘rtasida “Biz Korrupsiyaga qarshimiz” va “Taʼlim sohasida korrupsiyaga o‘rin yo‘q” shiorlari ostida tadbirlar o‘tkazish, Oliy taʼlim jarayonidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha insholar …

Uchinchi shoʻba innovatsion texnologiyalar istiqboliga bagʻishlandi.

3 Sho‘’ba – Charm-poyabzal, mo‘ynachilik va kimyo sanoatida innovasion texnologiyalarining istiqbollariga bag‘ishlangan.Unda O‘zbekiston-Turkiya “ANKA” qo‘shma korxonasi direktor o‘rinbosari Ali Nixat Fundikchi “ANKA” firmasida ldfqeuk tizimining shakllanishi va istiqbollari haqida ma’ruza qilib, oxirgi 4 yilda O‘zbekistonda charm-poyabzal sohasi sezilarli darajada rivojlanganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek institutda dual ta’lim yo‘nalishi berayotgan natijalar talabalarning o‘qishga usayotgan qiziqishi misolida yaqqol …

Nurulloh Sumro, Namangan toʻqimachilik sanoati instituti oʻqituvchisi.

“Men uzoq yillar davomida toʻqimachilik sanoati sohasida ilmiy izlanishlar olib borganman. Bugun shu ishlanmalarimni institut talabalari bilan boʻlishdim. TTYSIda dual taʼlim tizimida aʼlo darajada tashkil etilgan. Bu tajriba qolgan oliygohlarda ham tez orada joriy etilishi tarafdoriman. Bizning institutimiz ham dual taʼlimni amalga oshirish ishlarini boshlab yuborgan”.

Ikkinchi shoʻbada xalqaro mehmonlar va olimlar maʼruza qildi.

📃Anjumanning ikkinchi shoʻbasi yengil sanoat va matbaa mahsulotlari yangi assortiment turlarini kengaytirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish mavzusiga bagʻishlandi. Unda pokistonlik professor, Namangan toʻqimachilik sanoati instituti oʻqituvchisi Nurulloh Sumro talabalarga sohadagi dual taʼlimning ahamiyati boʻyicha maʼruza qildi. Shundan soʻng toʻqimachilik sohasida yetakchi boʻlgan korxonalar vakillari va institut ilmiy izlanuvchilari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Ular yigʻilganlarni …

Frans Kunkel, “Trützschler GmbH Co” kompaniyasi yetakchi mutaxassisi.

“Bugun korxonamiz tomonidan ishlab chiqarilgan va amaliyotga tatbiq etilgan yangi uskunalar haqida maʼruza qildim. Talabalar va ilmiy izlanuvchilar maʼruzani katta qiziqish bilan tingladi. Umuman olganda, Oʻzbekistonda toʻqimachilik va yengil sanoat sohasi jadallik bilan rivojlanmoqda. Mamlakat xomashyo eksport qilishdan tayyor mahsulot sotish darajasiga chiqdi. Bundan buyon yutuqlar davomiy boʻladi, degan umiddaman”.  

Maʼruzalar silsilasini Germaniyaning “Trützschler” kompaniyasi mutaxassisi boshlab berdi.

🗣Birinchi shoʻba maʼruzalariga Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining tayanch doktorantlari yakun yasadi. Ularning ilm-fan uchun qoʻshayotgan hissasi va olimlik faoliyatiga qoʻyayotgan munosib qadamlari xalqaro darajadagi professorlar tomonidan eʼtirof etildi.

Xalqaro anjumanning ikkinchi kuni ham ochiq deb eʼlon qilindi.

Anjumanning ikkinchi kuni toʻqimachilik, sanoat va taʼlim sohasidagi eng dolzarb mavzular doirasidagi maʼruzalarni oʻzida jamlagan 4 shoʻbadan iborat. Ularning birinchisi toʻqimachilik va paxta sanoati tarmoqlariga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish asosida rivojlantirish masalalari hamda ekologik muammolarga bagʻishlandi.

TTYSIda Italiya kompaniyasi filiali ochilishi rejalashtirilmoqda.

Xalqaro anjuman doirasida institut rektori Davron Vaxabov Italiyaning “Tecon” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Mehmonlar hamkorlik uchun doim tayyor ekanini bildirdi. Suhbat davomida TTYSIda “Tecon” kompaniyasining filialini ochish masalasi koʻrib chiqildi. Korxona vakili Kamila Taviti institutda dual taʼlim rivojlanishi yoʻlida kompaniyaning ham hissasi qoʻshilishi ular uchun katta sharaf ekanini aytdi.