YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYSIda 2023-yil yakunlari

Резервная_копия_Безымянный-1

📊Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, mamlakat iqtisodining drayveriga aylangan toʻqimachilik va yengil sanoat sohalari rivojini innovatsiya hamda ilm-fan yutuqlaridan ayro tasavvur qilib boʻlmaydi.

Yakuniga yetayotgan 2023-yil sarhisobiga koʻra, institutimiz talabnoma topshirish va patent olish boʻyicha yetakchi oʻrinlarda bormoqda. Professor-oʻqituvchilarimiz tomonidan oʻtgan uch yilda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish maqsadida Intellektual mulk markaziga 200 dan ortiq talabnoma topshirilib, 190 dan ziyod patent va mualliflik guvohnomalari olingan.

Joriy yilda “Intellektual mulk konsultativ markazi” hamda institut oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanib “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Markazda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda TTYSI professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va yosh olimlari jahon ilmiy hamjamiyatida ham munosib koʻrsatkichlarga ega boʻladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!