Dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti hisoblangan Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatimiz bilan nafaqat siyosiy doʻstlik aloqalarini, balki oliy taʼlim sohasida ham hamkorlikni mustahkamlab kelmoqda.

“Hujjat qabul qilish davrida qizgʻin ishlashimizga toʻgʻri keladi. Axir imtihondan oʻtgan abituriyent ham bizda ham Xitoyda oʻqish imkoniyatida ega boʻladi. Ularning barchasi uchun eshiklarimiz hamisha ochiq”, — deydi TTYSI rektori, professor D. Vaxabov. Toʻqimachilik muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olish niyatida boʻlgan boʻlgʻusi talabalarga 5 ta kasbiy mutaxassislikka doir bilimlar beriladi. Bular:

TTYSIda 2023-yil yakunlari

📊Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, mamlakat iqtisodining drayveriga aylangan toʻqimachilik va yengil sanoat sohalari rivojini innovatsiya hamda ilm-fan yutuqlaridan ayro tasavvur qilib boʻlmaydi. Yakuniga yetayotgan 2023-yil sarhisobiga koʻra, institutimiz talabnoma topshirish va patent olish boʻyicha yetakchi oʻrinlarda bormoqda. Professor-oʻqituvchilarimiz tomonidan oʻtgan uch yilda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish maqsadida Intellektual mulk markaziga 200 dan ortiq …