YANGILIK VA TADBIRLAR

Rektor tabrigi

photo_2023-12-29_12-23-15

“Mana, siz bilan birgalikda yelkama-yelka turib mehnat qilayotganimizga, bir katta oila boʻlib tutinganimizga ham ikki yil boʻlibdi. Umr — oqar suv deb bekorga aytishmagan ekan. 2023-yil ham kiprik qoqquncha oʻtib ketdi. Oʻtib borayotgan ushbu yilda institutimiz qator choʻqqilarni zabt etdi. Oldimizga qoʻygan maqsadlarning barchasiga erishdik. Muhtaram prezidentimizning bildirgan ishonchini oqlash maqsadida dual taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish borasida peshqadam boʻlib turibmiz. 2023-yilda institutimiz soha boʻyicha jahonning eng ilgʻor korxonalari, bilim yurtlari va tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi. Taʼlim dasturlari orqali talabalarimizga taqdim etilgan imkoniyatlar bilan dunyoning sanoat va ilm-fan hamjamiyati bizning shijoatimiz va gʻayratimizni yuqori baholadi. Aminmanki, kirib kelayotgan 2024-yil uchun bizning bu yilda erishgan natijalarimiz shunchaki debocha boʻlib xizmat qiladi. Kun kelib 2023-yilni “U shunchaki boshlanishi edi”, deb yodga olamiz, bu turgan gap. Hurmatli ustoz-murabbiylar, qadrdon talabalar va institutning qolgan barcha oila aʼzolari, barchangizni yangi yil ayyomi bilan muborakbod etaman. Xonadoningizga totuvlik, ishingizga baraka, oʻzingiz va oila aʼzolaringizga esa mustahkam sogʻlik tilayman”.

 

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori.

Davron Vaxabov

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!