TTYSIda ustoz-murabbiylar uchun bayram uyushtirildi.

“Bayram bayramdek boʻlishi kerak!” Aynan shu shior bilan 29-dekabr kuni institut rahbariyati rektor tashabbusi bilan barcha xodimlarni taqdirladi. Oʻz ishining fidoyilari — ustoz va murabbiylarga bayram shukuhini ulashish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida har bir fakultet, kafedra va boʻlim uchun alohida, oʻziga xos nominatsiyalar ostida qimmatli sovgʻalar taqdim etildi.

Rektor tabrigi

“Mana, siz bilan birgalikda yelkama-yelka turib mehnat qilayotganimizga, bir katta oila boʻlib tutinganimizga ham ikki yil boʻlibdi. Umr — oqar suv deb bekorga aytishmagan ekan. 2023-yil ham kiprik qoqquncha oʻtib ketdi. Oʻtib borayotgan ushbu yilda institutimiz qator choʻqqilarni zabt etdi. Oldimizga qoʻygan maqsadlarning barchasiga erishdik. Muhtaram prezidentimizning bildirgan ishonchini oqlash maqsadida dual taʼlim tizimini yoʻlga …