YANGILIK VA TADBIRLAR

24-yanvar kuni AQSHning “USAID MST” bozor tizimlarini oʻzgartirish loyihasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

photo_2024-01-24_16-44-22 (2)

Uchrashuvda koʻrib chiqilgan asosiy masalalardan biri bu institutimiz tashabbusi bilan yaratilayotgan “Toʻqimachilik va yengil sanoat sohasida Xalqaro Muloqot maydoni” platformasi boʻldi.

Shuningdek, samarali olib borilgan muzokaralardan soʻng qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Jumladan:

  • “USAID MST” hamkorligida Uz-Kor Texnoparkida talabalar hamda toʻqimachilik sohasining oʻzbek maydonida faoliyat olib borayotgan korxona texnologlari uchun treninglar tashkil etiladi;

  • Joriy yilning oktaybr oyida TTYSIda boʻlib oʻtadigan Xalqaro ilmiy anjumanda “USAID MST” hamkorlik qiladi;

  • Jahonning toʻqimachilik sohasidagi eng ilgʻor mamlakatlari – Xitoy, Turkiya va Italiya kabi davlatlarda TTYSI professor oʻqituvchilari uchun malaka oshirish dasturlari ishga tushadi;

  • Amerika Qoʻshma Shtatlaridan Oʻzbekistonga tashrif buyurgan professor olti oy davomida TTYSI talabalariga murabbiylik qiladi.

Kelishuvlarning amalga oshirilish muddatlari hamda kelgusidagi nafaqat toʻqimachilik, balki xalqaro biznes maydonida talab ortib borayotgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham hamkorlik qilish masalalariga oydinlik kiritilganidan soʻng xalqaro loyiha vakillari Uz-Kor texnoparki laboratoriyalari bilan tanishib chiqdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!