Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi.

Ushbu bellashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar oʻz biznes rejalari bilan qatnashadi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar institut tomonidan kichik uskunalar bilan taqdirlanadi. 4-bosqich talabasi Dilshod Usmonaliyev loyiha koordinatori etib tayinlandi. Ishtirok etishni xohlovchi talabalar 2024-yil 20-fevralga qadar quyidagi manzillarga oʻz loyihalarini yuborishlari mumkin. @usm_d1lshod,@Xodjayeva0121

Nodira Shotursunova, Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor.

“Tadqiqotlar natijalariga qaraganda, yaqin yigirma yildan soʻng toʻqimachilik sohasidagi deyarli barcha murakkab jarayonlar avtomatlashtiriladi. Davlatimiz rahbarining saʼy-harakatlari bilan ham soʻnggi olti yil ichida sohada juda katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. Yangidan-yangi texnologiyalar oliy taʼlim tizimiga kiritilmoqda. Ammo ularning aksariyati tegishli korxonalarga yetib bormayapti. Ishlab chiqarish jarayonida ish oʻrgangan, professional tayyorgarlikdan oʻtmagan texnologlar va tahsil olishni endigina …

Milo Stevanovich, USAIDning Bozor tizimlarini oʻzgartirish boʻyicha partiya rahbari.

“Siz bilan yaqindan tanish emasligim menga xolis baho berish uchun katta imkoniyat beradi. Taʼkidlashim joizki, katta bir natijaga erishishimizga ishonaman. Xalqaro muloqot maydoni kabi loyihalar hali hech qayerda amalga oshirilmagan. Amerikalik professorlarning sizning institutingizda talabalarga dars berishi masalasi esa juda muhim va amalga oshirilishi real jarayondir. Zero, hamkasblarim taʼkidlaganidek, Markaziy Osiyoda yagona eng ilgʻor laboratoriyalar …

24-yanvar kuni AQSHning “USAID MST” bozor tizimlarini oʻzgartirish loyihasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda koʻrib chiqilgan asosiy masalalardan biri bu institutimiz tashabbusi bilan yaratilayotgan “Toʻqimachilik va yengil sanoat sohasida Xalqaro Muloqot maydoni” platformasi boʻldi. Shuningdek, samarali olib borilgan muzokaralardan soʻng qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Jumladan: Kelishuvlarning amalga oshirilish muddatlari hamda kelgusidagi nafaqat toʻqimachilik, balki xalqaro biznes maydonida talab ortib borayotgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham hamkorlik qilish masalalariga oydinlik …