“Siz bilan yaqindan tanish emasligim menga xolis baho berish uchun katta imkoniyat beradi. Taʼkidlashim joizki, katta bir natijaga erishishimizga ishonaman. Xalqaro muloqot maydoni kabi loyihalar hali hech qayerda amalga oshirilmagan.
Amerikalik professorlarning sizning institutingizda talabalarga dars berishi masalasi esa juda muhim va amalga oshirilishi real jarayondir. Zero, hamkasblarim taʼkidlaganidek, Markaziy Osiyoda yagona eng ilgʻor laboratoriyalar sizning institutingizda joylashgan. Demak, sifatli taʼlim berish uchun barcha sharoitlar bor”.