Maʼlumki, davlatimiz rahbarining saʼy-harakatlari oʻlaroq, nafaqat raqamli texnologiyalar, balki turli muhandislik asbob-uskunalarning komponentlariga ham katta qiziqish uygʻonmoqda. Boisi ular ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, mahsulot sifatini oshirish hamda jahon bozorini zabt etishda zamin yaratadi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning yana bir muhim jihati oʻzbek paxtasini qayta ishlash va uning asosida eksportga yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun Italiya brendlarini jalb qilishdan iborat. Aynan shu sabab institut vakillari rektor Davron Vaxabov topshirigʻi bilan yuqoridagi istiqbolli maqsadlarda ushbu ilgʻor davlatga tashrif buyurdi.