YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutda hashar ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi

photo_2021-11-27_17-12-03
Hashar uyushqoqlik, hamjihatlik va obodlikning yorqin ifodasidir. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ana shu tamoyilga amal qiladi. Joriy yilning 27-noyabr kuni oliygoh hududi bo‘ylab tashkil etilgan hashar ishlarida institutning xodimlari va talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi.
Hashar vositasida ancha yumushlar bajarildi. Xususan, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi, hudud ortiqcha chiqindi va xazon barglardan tozalandi, daraxtlar oqlanib, gullarga kuzgi shakl berildi. Shu bilan bir qatorda “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” deganlaridek, bahorda yerning unumdorligini yanada oshirish maqsadida yerlar ag‘darildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!