Institutda hashar ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi

Hashar uyushqoqlik, hamjihatlik va obodlikning yorqin ifodasidir. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ana shu tamoyilga amal qiladi. Joriy yilning 27-noyabr kuni oliygoh hududi bo‘ylab tashkil etilgan hashar ishlarida institutning xodimlari va talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi. Hashar vositasida ancha yumushlar bajarildi. Xususan, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi, hudud ortiqcha chiqindi va xazon barglardan …

TDIUning 90 yilligi bayrami!

1931-yilda tashkil etilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligi bayrami keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tanatanali anjumanda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tashkilot va idora rahbarlari, barcha oliy ta’lim muassasasi rektorlari, shuningdek, nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “YASHIL MAKON” aksiyasi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan e’lon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati tomonidan oliygohning hududiga iqlimga, tuproq sharoitlariga mos keluvchi 120 tup (gilos, nok, olxo‘ri va shaftoli) mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu daraxt ekish, parvarishlash aksiyasida institut rahbariyati bilan bir qatorda, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ham faol ishtirok etib, …

“ZAKOVAT” nomli bellashuvning saralash boshqichi o‘tkazildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tomonidan talabalar o‘rtasida “ZAKOVAT” bilimdonlar bellashuvi saralash boshqichi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda 9 ta jamoa ishtirok etdi, ya’ni “Everest”, “Sаhihul buxoriy”, “Kelajak yoshlari”, “Intiluvchan”, “Uzcharm dizayn”, “Zukkolar”, “Bilimdonlar”, “Ziyo” hamda “Evrika” (Belariq MFY yoshlari) jamoalarining zukko talaba-yoshlari saralab olindi.