Dual-taʼlim tizimi asosida tahsil olgan talabalarni korxonada ishda olib qolish masalalari kelishib olindi

Taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash va chuqurlashtirish hamda “Kasb egasi” dual-taʼlim samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 15-mart kuni institutimizning Oʻquv ishlari boyicha prorektori X.Kamilova boshchiligida “Virtus trikot” toʻqimachilik aksessuarlari korxonasining rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi, jumladan:

Ozodalik va orastalik kuni hozir ham davom etmoqda.

Sarishta va ozoda xalqimiz har yili Navroʻz ayyomi oldidan umumxalq xayriya hasharini oʻtkazishga odatlangan. Yosh-u qari oʻzining kichik vatani — mahalla va taʼlim olayotgan maskanlarining obodonlashtirish ishlariga oʻz hissasini qoʻshishga harakat qiladi. Xususan, 16-mart kuni TTYSIda ham umumjamoaviy hashar boʻlib oʻtdi. Unda professor-oʻqituvchilar va talabalar orasidan eko-koʻngillilar institutimizning bogʻ-rogʻlari, oʻquv binolari va talabalar turar joylari …

Institutda mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

ARM va ilmiy innovatsiyalar ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi tashabbusi bilan “E-LINE PRESS” kompaniyasi institut doktorantlari uchun “EBSCO maʼlumotlar bazalari bilan ishlash: toʻqimachilik va yengil sanoat sohasida dolzarb maʼlumotlarni izlash” mavzusida amaliy seminar oʻtkazdi. Seminar yakunida yosh olimlar “EBSCOhost” platformasida ilmiy manbalardan foydalanish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish, ularning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish hamda mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshadigan va jahon sanoat bozorida talab katta boʻlgan yoʻnalishlarni ularga tanishtirib borish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

Xususan, institutimizda ham oʻsib kelayotgan avlod vakillariga mavjud texnik va akademik imkoniyatlarni koʻrsatish hamda ularning ilm-fanga boʻlgan qiziqishi oshirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuniga start berildi. Targʻibot estafetasini Kimyoviy texnologiya kafedrasi boshlab berib professor-oʻqituvchilar tomonidan abituriyentlarga institutda mavjud moddiy-texnik baza hamda professorlik jamoasi batafsil tanishtirildi.

Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida talabalarda tadbirkorlik dunyo qarashini oshirish, ularda yetakchilik va hamkorlik koʻnikmalarini hosil qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlar davom etmoqda.

Xususan, 2023-yilning oktyabr oyida ilgʻor startaplarni qoʻllab-quvvatlash hamda zamonaviy bozor tendensiyalariga javob beruvchi biznes gʻoyalarini va ularning mualliflarini kashf etish maqsadida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilingan edi. Tanlovda qariyb uch yuzga yaqin yosh muhandislar, injener-texnologlar va dasturchilar ishtirok etishdi. Ular taqdim etgan loyihalar bugungi …

Bayram tabrigi!

Borliqdagi har bir goʻzal jarayon, betakror zayl va har qanday yorugʻlik, nurga toʻlalik ayol siymosini eslatadi. Har qanday chiroy va noziklik ayolga hamohang, unga maslakdosh va yoʻldoshdek goʻyo. Bugun poytaxt havosi gul hidiga burkangan. Har bir burchakdan nafis atirgullarning mayin sasi kelib turibdi. Ular oʻzbek ayolining matonatini, goʻzalligini va mehrini alqaydi, madh etadi, uning sharafi …