Joriy yilning 29-sentyabr kuni “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida “1-Oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/09/2-15-1024x576.jpg)
Tadbirda kafedrada ko‘p yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar, kafedra professor-o‘qituvchilari va 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida 1-kurs talabalariga kafedra faoliyati tanishtirildi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/09/3-17-1024x576.jpg)
Faxriy ustozlar o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Talaba-yoshlar esa ustozlarni ulug‘lab bayram bilan tabrikladilar!
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/09/4-12-1024x576.jpg)