YANGILIK VA TADBIRLAR

Ustoz va murabbiylarga ehtirom!

1111
Dunyo imoratlarining ichida eng ulugʻi maktab boʻlsa, kasblarning ichida eng sharaflisi va ulugʻi oʻqituvchilik va murabbiylikdir. Ustoz – bu zotni har qancha eʼtirof etsak oz. Shu munosabat bilan “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” yurtimizning barcha go‘shalarida shukuhli bayram shodiyonasi sifatida nishonlanmoqda.
Xususan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va o‘rta ta’lim maskanlarida faoliyat olib boradigan ustozlarga ehtirom ko‘rsatish maqsadida bayram tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori, prorektorlari, bo‘lim boshliqlari hamda bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, Yakkasaroy tumani hokimi Sayfutdinov Anvar Nazarovich tomonidan samimiy qutlandi.
Tadbir davomida ustozlarning tilaklari, hayotiy tajribalari tinglandi. San’at ustalarining chiqishlari esa bayramga yanada ko‘tarinkilik va o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Bayram mehmonlariga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!