YANGILIK VA TADBIRLAR

Ustozlik – baxtdir, faxrdir!

1
Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan insonlarni unutmasligi lozim. Aziz xalqimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek, bir umrga yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, ta’lim – tarbiya ber» – deyilgan. Olamning gultojisi inson bo‘lsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Shunday ekan ularga hurmat, ehtirom hamda e’tibor ko‘rsatish har birimizning oldimizdagi burchimizdir.
“1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Institut rektori Ilxom Sabirov mashaqqatli va fidokorona kasb egalari bo‘lmish ustoz-murabbiylarni qutlab, minnatdorchilik bilan o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi. Rahbariyat tomonidan ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!