Charm poyabzal va aksessuarlar yosh dizaynerlarning Respublika tanlovi

“О‘ZCHARMSANOAT” Uyushmasi hamda TOSHKENT TО‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI poyabzal, akssesuarlar, charm va mо‘yna buyumlari yosh dizaynerlarini «UZCHARM STYLE-2021» respublika tanlovida ishtirok etishga taklif etadi. Tanlov tashkilotchilari – “О‘zcharmsanoat” uyushmasi va Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti (ТTYESI). TANLOV MAQSADI – oliy va о‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh mutaxassislar va talabalar orasida poyabzal, …

Yurtimizning yetakchi korxonalarida bitiruvoldi amaliyotlari o’tkazilmoqda

Toshkent to‘qimachilik ba yengil sanoat institutining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida 4-kurs YeSBKIT (tikuv buyumlari) va Kasb ta’limi YeSBKIT (tikuv buyumlari) yo‘nalishi talabalarining bitiruv oldi amaliyoti Respublikadagi “Nurafshon-Nur” XK, “Farhod-Abdulla 1979” MCHJ, “Diva-Tex” MCHJ, “Xorazm-tex”, “Sedat triko” MCHJ, “Sanam” MCHJ kabi yetakchi korxonalarda tashkil qilinmoqda. Amaliyot jarayonida talaba-yoshlar bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib, mustaqil …

Prezidentlik saylovi munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

📌Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Tо‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi 1,2,3-kurs va 2-kurs magistrlari ishtirokida “О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINING KONSTITUSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI” mavzusida tadbir о‘tkazildi. ✅Tadbirda “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi professori Gulorom Masharipova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, talaba-yoshlarning saylovoldi siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

MC “BARER” korxonasiga tashrif

✅Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bir qator professor-о‘qituvchilari “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan harbiy kiyimlar ishlab chiqariladigan MC “BARER” korxonasiga tashrif buyurishdi. ❇️Tashrif davomida korxona faoliyati, ishlab chiqarish mahsulotlari va boshqa yangiliklar bilan tanishildi hamda fikr-mulohazalar almashildi.

“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” asarining taqdimoti o‘tkazildi

Joriy yilning 17-sentyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Axborot-resurs markazi” hamda “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Asar 2021-yilda Ta’lim nashriyoti tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 30-iyundagi yoshlar bilan uchrashuvi va O‘zbekiston nufuzli olimlarining yoshlarga oid muammolar va ularning …

“Shahidlar xotirasi” yodgorlik maydoniga tashrif

Toshkent shahrida joylashgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui mustabid tuzum davrida zulm va tajovuz qurboni bo‘lgan minglab vatandoshlarimiz xotirasiga ko‘rsatilgan ulkan ehtiromning yorqin ifodasidir. Bunday mo‘tabar maskanlarni ziyorat qilish kishi ruhini poklaydi, ezgulikning abadiy ekani haqida mushohada qilishga undaydi. Shu munosabat bilan joriy yilning 17-sentyabr kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari …