Tashabbuskor talaba yoshlar!

“O’zbekiston Yoshlar Forumi – 2021” doirasida bo’lib o’tgan “Milliy Liboslar Festivali” loyihasida institut talabalari faol ishtirok etganligi uchun Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati – Yoshlar ishlari Agentligi hamda Yosh Dizaynerlar Kengashining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Tashabbuskor, mehnatkash, o’z ustida tinimsiz ishlaydigan talaba-yoshlarni o’quv yurti rahbariyati doimo har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. Aziz yoshlar hamisha oldinga intiling …

Ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Joriy yilning 13-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Kasaba uyushmasi raisi Abdujabbor Davronovich Xushbakov sharafli umrining muborak 63 Payg‘ambar yoshini qarshi oldilar. Shu munosabat bilan o‘quv yurti rahbariyati tomonidan an’anaga aylangan qutlash marosimi o‘tkazildi. Institut rektori Ilxom Sabirov boshchiligida xodimlar jamoasi ishtirokida Abdujabbor Davronovichning ish faoliyati, erishgan yutuqlari, oliygoh rivojiga qo‘shayotgan hissasi aytib …

Ilmiy daraja muborak bo‘lsin!

Joriy yilning 12-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining yana bir xodimi Fizika va elektrotexnika kafedrasi mudiri Abror Nafasovich Ulukmuradov Fizika-Matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganligi sabali Oliygoh rektori, texnika fanlari doktori Ilxom Kaxramonovich Sabirov tomonidan samimiy qutlandi. Shuningdek, kelajakda ilm sohasining keyingi bosqichlarini ham muvaffaqiyatli davom ettirishi haqida yuksak ishonch bildirilib, …

Ilmiy darajalar muborak bo‘lsin!

Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan va bir umrga insonning ma’naviy kamoloti uchun xizmat qiladigan boylik hisoblanadi. Shuni ishonch bilan ayta olamizki, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining barcha sohalari singari ilmiy salohiyati ham kundan-kunga oshib bormoqda. Buning isboti sifatida 2021-yilning yakunida Oliygohning bir qator xodimlari ilmiy faoliyatida yuksalish bo‘lib, ilmiy ishlarini a’lo darajada himoya qilishdi. …

YANGI YILDA BIRINCHI HIMOYA!

2022-yil 10-yanvar Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli Ilmiy kengash majlisi bо‘lib о‘tdi. Kun tartibida Institut mustaqil tadqiqotchisi Djurayeva Shahnozaxon Gayratovnaning “Polimer kompozitsiyalar asosida tо‘qimachilik materiallari va buyumlari uchun dekorativ elementlarni ishlab chiqish va qо‘llash” mavzusidagi 05.06.02 – Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bо‘yicha dissertatsiya …

Institut talabasi “Nafosat-2021” kо‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining iqtidorli yoshlaridan biri “Dizayn-AICP” kafedrasi AICP M1-20 guruh magistr talabasi Sayfullayeva Aziza Baxtiyor qizi aholi ayniqsa, yoshlar о‘rtasida о‘zbek milliy kiyinish madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan “Nafosat-2021” kо‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi sifatida diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oybek siymosi va buyuk merosiga ehtirom!

О‘zbek adabiyoti rivojida Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybekning ijodi alohida о‘rin tutadi. Oybek ustozlari Abdulla Qodiriy va Chо‘lponning eng yaxshi adabiy an’analarini davom ettirar ekan, о‘zining benazir nasriy va she’riy asarlari, ilmiy va adabiy-tanqidiy maqolalari bilan о‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligini yangi taraqqiyot bosqichiga kо‘tarishga xizmat qildi. Bugun 2022-yilning 10-yanvar kuni Oybek uy-muzeyida о‘tkazilgan Muso Toshmuhammad о‘g‘li …

Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil yuzasidan o‘quv kurslari o‘tkazildi

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirovning “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bо‘yicha maxsus о‘quv kursini tashkil etish tо‘g‘risida” 2021-yil 24-dekabrdagi 100-3-sonli buyrug‘i asosida o‘quv yurtining professor-о‘qituvchilariga “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” bо‘yicha 5-8 yanvar kunlari 24 soatlik о‘quv kursi tashkil etildi. Kurslar Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining …

An’anaviy sport musobaqalari yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 3-dekabrdagi 630-son …

TTYeSI XODIMLARI FRANSIYANING “TELMAT INDUSTRIE” TASHKILOTIDA MALAKA OSHIRIB QAYTISHDI

TTYeSI da olib borilayotgan AIF loyihasi doirasida “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professorlari Nigmatova Fatima va Mansurova Munisa hamda “Kostyum dizayni” kafedrasi dotsenti Shomansurova Muxtabar Fransiya davlatiga 2021-yil 21-30-dekabr kunlari “TELMAT INDUSTRIE” tashkilotiga 3D BODY SCANNER SYMCADTM III ni xarid qilish va malaka oshirish uchun xizmat safariga borib keldilar.