Mini-futbol sporti bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Joriy yilning 7-yanvar kuni Institutning sport majmuasida erkaklar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi. Musobaqa sport turlari bo‘yicha umumiy qoidalar va Olimpiya tizimi asosida tashkil qilindi hamda qizg‘in jarayonlarga boy bo‘ldi. Elatib o‘tamiz, sport musobaqalari ertaga 8-yanvar kuni yakuniga yetadi. Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.

E’lon

Poliglot talabalar va oʻquvchi-yoshlar uchun yangi imkoniyat! 🔰 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi. ☝️Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning …

VOLEYBOL SPORT TURI BO‘YICHA AYOLLAR O‘RTASIDA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining professor-o‘qituvchilari hamda Institut qoshidagi Akademik litsey xodimlari o‘rtasida “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida fakultetlararo an’anaviy 60-salomatlik spartakiadasi musobaqasining voleybol sport turi bo‘yicha natijalari bilan tanishing.⚡️1-o‘rin: Matbaa texnologiyasi fakulteti jamoasi⚡️2-o‘rin: Akademik litsey jamoasi⚡️3-o‘rin: To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti jamoasi ✨

SHASHKA SPORT TURI BO‘YICHA BO‘LIB O‘TGAN BELLASHUV NATIJALARI!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 3-dekabrdagi 630-son …

An’anaviy 60-salomatlik spartakiadasi musobaqalariga start berildi

2022-yilning 5-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida professor-o‘qituvchi va xodimlar uchun sportning shashka turi bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida fakultetlararo an’anaviy 60-salomatlik spartakiadasi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa jarayoniga institut rektori Ilxom Sabirov tashrif buyurib, o‘quv yurtining barcha ishtirokchi xodimlariga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lishini …

Ivanova nomidagi Politexnika universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi

2021-yilning 29-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Rossiya Federatsiyasining Ivanova nomidagi Politexnika universiteti prorektori Matroxin Aleksey Yurevich va Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Ometova Mariya Yurevna rasmiy tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, ikki hamkor oliy o‘quv yurti o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikni yanada takomillashtirish, uzoq muddatli va samarali ishlarni kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, Institutning “Xorijiy …