Islohotlar amalda

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xalq ta’limini isloh qilish bо‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilar M.Axmatov, D.Eshmurodov, E.Berdanov hamda N.Axmatovlar Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yuzasidan biriktirilgan 1, 45-umumiy …

Xalqaro hamkorlik

2022 yil 1-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Changshu texnologiya instituti o‘rtasida xalqaro hamkorlik yuzasidan ZOOM platformasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qo‘shma ta’limni tashkil etish, talabalar almashinuvi va professor-o‘qituvchilar stajirovkasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

TTYeSI press klubi.Kafedra mudirlari ishtirokida talabalar bilan ochiq muloqot

2022-yilning 2-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Press-klubida kafedra mudirlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri – Dilnoza Pazilova, “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri – Shahnoza Agzamxo‘jayeva, “Muhandislik grafikasi va mexanika” kafedrasi mudiri – Oybek Ortiqov hamda “Kimyo” kafedrasi mudiri …

Futbol

Joriy yilning 1-iyun sanasida Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti tyutorlari O.Berdiyeva S.Primov, T.Usmonov, J.SHaripov va “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti tyutorlari M.Aripjonova, M.Kamolova, SH.Mirzahmedov, A.Rustamov, H.Atamurodov o‘zlariga biriktirilgan talaba-yoshlar bilan birgalikda “Paxtakor” stadionida “AFC U23 ASIAN CUP UZBEKISTAN 2022” futbol bo‘yicha Osiyo chempionati ochilish marosimiga tashrif buyurishdi. Ochilish marosimidan …

Dissertatsiya himoyasi

2022-yilning 1-iyun kuni institutning “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasidagi 5A320801 – Matbaa mashinalari va apparatlariga servis xizmat ko’rsatish mutaxassisligi bo’yicha tahsil olgan magistrlarning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. Kafedra filiali bo’lgan “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida bo’lib o’tgan ilk himoya tajribali mutaxassislardan iborat bo’lgan Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan alohida e’tirof etildi.

“Oybek faylasuf adib”

Joriy yilning 1-iyun kuni Adiblar xiyoboni majmuasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Oybek faylasuf adib” mavzusidagi mazkur adabiy kecha Matbaa texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Ushbu tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ulug‘bek Abdullayev ochib berib, institutda Oybek …

“Muhandislar” mahallasi uchun qiziqarli trening

2022-yil 31-may kuni Institutning Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti D.Ortikova va katta o‘qituvchi D.Mirxodjayeva “Muhandislar” mahallasiga tashrif buyurdilar. Mazkur uchrashuvda mahallada faoliyat olib boruvchi yoshlar yetakchisi A.Azimov bn birgalikda abituriyent yoshlarga targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, master-klass va psixologiyadan qiziqarli suhbat

Bog‘ot yengil sanoat texnikumiga institut professor-o‘qituvchilarining tashrifi

2022-2023 o‘quv yili uchun o‘rta professional ta’lim darajasi kasb va mutaxassisliklari ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida “Korporativ boshqaruv” kafedrasi dotsenti S.Yuldashev institut huzuridagi Bog‘ot yengil sanoat texnikumiga joriy yilning 27-may kuni tashrif buyurdi. Tashrif davomida texnikumdagi mutaxassisliklar bo‘yicha hamkorlikda 2022-2023 o‘quv yili ichun o‘quv amaliyotining ishchi o‘quv dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bundan tashqari …