Almata Texnologiya universiteti talabalari bilan uchrashuv

Joriy yilning 10-iyun kuni Almata Texnologiya universitetining 2-kurs “Charm va mo’yna texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi talabalari Qadarjon Nuray va Razakov Jaysanlarni amaliyot bilan tanishtirish maqsadida “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan kafedra mudiri D.Pazilova, dotsent M.Ilxamova, katta o’qituvchi I.Ismatullayev hamda assitent Z.Irisovalar kafedraga tegishli “Teri va mo’yna buyumlari” laboratoriyasi, moddiy texnik bazasi, texnologik jarayonlar ketma-ketligi …

Sport musobaqasi g’oliblari taqdirlandi!

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan I-bosqich talaba-yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan tosh ko‘tarish, voleybol, mini-futbol sport turlari bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasi joriy yilning 6-7-8 iyundan kunlari keng miqyosda va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 10-iyun kuni esa g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Musobaqaga umumiy rahbarlik Yoshlar masalalari va …

“To’qimachilik sohasida dasturlashning o’rni” mavzusida mahorat darsi

Joriy yilning 11-may kuni Toshkent To’qimachilik va Yengil sanoat Institutining “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi‘ fakultetiga biriktirilgan “Rakat” MFYga “To’qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan tashkil topgan jamoa tashrif buyurishdi. Ular tomonidan “Dasturlashga birinchi qadam” mavzusida mahalla yoshlari bilan mahorat darsi va davra suhbati tashkil etilib, yoshlarga to’qimachilik sohasida dasturlashning o’rni yuzasidan ma’lumotlar berildi.  

Yetakchi kompaniya mutaxassislari bilan uchrashuv

Joriy yilning 10-iyun kuni Xalqaro tо‘qimachilik asbob-uskunalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Su Shi Kun SSK” kompaniyasining yetakchi mutaxassislari Yan Chin va He Long “Tо‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi о‘quv laboratoriyalariga tashrif buyurib, mavjud jihozlar, ularni dars va ilmiy-tadqiqot ishlar jarayonida foydalanish bо‘yicha ma’lumot oldi. Shuningdek, professor-о‘qituvchilar bilan hamkorlik qilish, tajriba almashish, ilmiy loyihalar bо‘yicha ishlash, shartnomalar tuzish …

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 8-9 iyun kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol va voleybol sport turlaridan “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom hayot tarziga targ‘ib etish, o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur bellashuv qiziqarli jarayonlarga boy o‘tdi. G‘oliblar musobaqa yakunida institut rahbariyati tomonidan …

Tavallud_muborak

    Bugun, 10-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi professori Ismailov Alisher Abdulxayevichning tavallud ayyomi!      Shu sababli institut prorektor, dekan, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchi va xodimlar jamoasi tomonidan qutlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv jarayonida Alisher Abdulxayevichning hozirda yuritib kelayotgan mehnat faoliyati, insoniylik jihatlari …

Xalqaro_forum davom etmoqda…

      2022-yilning 10-iyun kuni Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston va Turkiya texnika yo‘nalishidagi Oliy ta’lim muassasalari forumi bo‘lib o‘tmoqda.     O‘zbekiston delegatsiyasi texnik va injenerlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida Izmir Sanoat zonasi raisi va Tadbirkorlar palatasi raisi, shuningdek, sohaning tajribali tadbirkor mutaxassislari bilan biznes nonushta bo‘lib o‘tdi. @TTYeSImatbuot

“Muhandislar” mahalla yoshlarini o’qishga jalb qilish ishlari olib borildi

     Joriy yilning 9-iyun kuni “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Muhandislar” mahallasi maktab bitiruvchilarining ota-onalari bilan birgalikda 2022-2023 o’quv yili qabul kvotalari muhokamasi o’tkazildi.       Jumladan, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining mavjud 4 ta fakulteti hamda xorijiy OTMlar – A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti, Belarusiyaning Vitebsk davlat texnologiya …

Tosh ko’tarish sport turi bo’yicha “REKTOR KUBOGI” musoboqasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sport majmuasida muntazam ravishda talabalarning vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan sport tadbirlari o‘tkazilib kelinadi. Joriy yilning 7-iyun kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Institutning Sirtqi ta’limida tahsil olayotgan 1-kurs talaba-yoshlari ishtirokida tosh ko‘tarish sport turi bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” sport musoboqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning jamoaviy va shaxsiy o‘yinlarida ishtirok etgan g‘olib …