Olmata texnologiya universiteti talabalari tashrifi

Joriy yilning 8-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yigirish texnologiya” kafedrasi ishlab chiqarish laboratoriyasiga Olmata texnologiya universiteti 1-kurs talabalari tashrif buyurdi. Kafedra dotsenti F.F.Raxmatullinov tomonidan institut faoliyati, moddiy texnik bazasi, texnologik jarayonlar ketma-ketligi batafsil yoritib berildi.

Uch tomonlama shartnoma memorandumi imzolandi

Joriy yilning 9, 10-iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida O’zbekiston va Turkiya texnika yo’nalishidagi Oliy ta’lim muassasalari forumi bo’lib o’tmoqda. O’zbekiston delegatsiyasi texnik va injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta’lim muassasalaridan tashkil topgan. Mazkur forumda oliy ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish, texnik va injenerlik yo’nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini unumli tashkil etish, xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish …

TTYeSI Press klubi

📑2022-yilning 9-iyun kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Press-klubida talabalar uchun ochiq muloqotning navbatdagi soni bo’lib o’tdi. ✔️Mazkur uchrashuvda institutning “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri – Nodir Navro‘zov, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri – Husniddin Abdugaffarov, “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri – Ozoda Yo’ldoshova hamda “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni …

TTJda Yashil makon aksiyasi

Joriy yilning 8-iyun kuni “Yashil makon” loyihasida Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Talabalar shaharchasi xodimlari faol ishtirok etib, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirdilar. ✅Talabalar shaharchasi 3-binosining old qismida 3 ta Morjivenik archa, 8 ta Tuya Gold archa, 4 ta Gollandskiy atirgul, 8 ta Gollandskiy shamshod, 11 ta Dekerativniy gul, 600 ta mavsumiy gullar hamda gazon …

Talaba.uz va Talaba_Live_Rasmiy telegram kanallarida tarqalgan xabar yuzasidan RASMIY BAYONOT

Joriy yilning 9-iyun kuni Talaba.uz va Talaba_Live_Rasmiy telegram kanallarida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining ayrim talabalari Davlat Attestatsiyasi va diplom himoyasiga qо‘yilmayotganligi tо‘g‘risida xabar tarqaldi. Mazkur murojaat yuzasidan institutda ishchi guruh shakllantirilib, holat bо‘yicha surishtiruv ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, 24-18 guruhida tahsil oluvchi talaba A.SH. diplom himoyasiga tayyorlagan Bitiruv malakaviy ishida ayrim kamchiliklar kafedra …

Talabalar uchun amaliy darslar

Olmota Texnologiya universitetining 2, 3-kurs “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash” va “Tikuv buyumlari texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi talabalarining amaliyotlari “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasiga biriktirilgan bo’lib, joriy yilning 7-8 iyun kunlari institutning moddiy-texnik bazasi bilan tanishtirildi. Shuningdek, 9-iyun kuni talabalar “Kor-Uz” to’qimachilik texnoparkiga va maxsus kiyimlar ishlab chiqaruvchi “Nurafshon-Nur” XKga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif talabalarda katta taassurot …

O‘zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari forumi bo‘lib o‘tmoqda

Shu kunlarda texnik hamda injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektor, prorektorlari va vazirlik mas’ullaridan iborat delegasiya Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib turibdi. Ular ayni damda bo‘lib o‘tayotgan texnika yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari forumida ishtirok etishmoqda. Forum jarayonlarini ushbu ҳавола (https://www.youtube.com/user/egeuniversitesitv) orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

TTJda davra suhbati

Joriy yilning 8-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakultetining 3-Talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy – ma’rifiy mazmundagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Ushbu davra suhbatida fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Yusupov, tarbiyachi – pedagog B.Pardayev hamda talaba – yoshlar ishtirok etishdi.

Charm-poyabzal va mo‘ynachalik sohasi talabalari diplom loyihalarini himoya qildi

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan ish beruvchi isteʼmolchilar o‘rtasida uch tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, iqtidorli va isteʼdodli bitiruvchilarni aniqlash, ular ijodiy qobiliyatlarini kelgusi tadqiqot, ishlab chiqarish va ilmiy faoliyati uchun safarbar etishga ko‘maklashish asosiy vazifalardan hisoblanadi. 2022-yilning 8-iyun kuni Respublikamiz Oliy ta’lim muasasalari orasida ilk bor Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda …

Xorazm viloyatidagi Gilam to’qish korxonasiga tashrif

Joriy yilning 1-2 iyun kunlari Institutning Matbaa texnologiyalari fakulteti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi professori I.A.Nabiyeva va doktorant Z.Sh.Islamova Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida joylashgan Hunarmandlar uyushmasiga qarashli mahalliy jun tolasidan gilam to’qish korxonasiga tashrif buyurdilar. Amaliy tashrif chog’ida tuman hokimi Salayev Alisher Ro’zmetovich bilan birgalikda korxona faoliyati bilan tanishish asnosida mavjud muammolarni hal etish bo’yicha yangi texnologiyalarni …