Talaba-qizlar bilan navbatdagi uchrashuv

To’qimachilik texnologiyasi fakulteti Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi N.Yusupova, a’zosi U.Yusupaliyevalar talabalar turar joylari, xususiy xonadonlar va ijarada yashovchi xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy ishlarni tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirilgan ijodiy, kasbiy, badiiy to‘garak-klublar faoliyatini yanada kuchaytirish yagona tizim rejasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. “Qiz bola bulg‘usi oila bekasi” mavzusida davra suhbati, ularni oilaviy hayotga …

Talabalar turar joyida davra suhbati

Joriy yilning 19-sentabrda 1-Talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti Xotin-qizlar kengashi a’zosi M.Aripdjanova va fakultet tyutori A.Muqaddas tashabbusi bilan “Kitobxonlik ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Unda talaba-qizlarga badiiy kitob mutolasi bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Rektor va talabalar uchrashuvi

2022-yilning 19-sentabr kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Abdujalalovich Vaxabov boshchiligida 4 ta fakultetning barcha 2-kurs talabalari ishtirokidagi ochiq muloqot uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. Uchrashuv davomida institut hayotiga oid turli masalalar muhokama etilib, kelgusi haftadan e’tiboran o‘qish jarayonlari Dual ta’lim tizimiga о‘tiladi va ishlab chiqarish amaliyotiga ko’proq ahamiyat qaratiladi. Shu bilan birga, talabalardan …

“Sport – sog’liq garovi!”

Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ularni sportga qiziqtirish, bu orqali esa sog’lom hayotga targ’ib qilish maqsadida joriy yilning 17-sentabr kunida Instititutning Yengil sanoat texnoloyasi va dizayn fakulteti tyutori A.Rustamov tomonidan 1-Talabalar turar joyida talabalar bilan “Sport sog’liq garovi” shiori ostida turnik, brus, qorin press sport turlaridan musobaqalar tashkil etildi.

“Talabalar uchun Tadbirkor, Tadbirkor uchun Talaba”

Joriy yil 17-sentabr kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tо‘qimachilik sanoati ishbilarmonlari va talabalar о‘rtasida birinchi ochiq konferensiya yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Uchrashuvda institut rektori Davron Vaxabov boshchiligida bir guruh nufuzli tadbirkorlar jamoasi, o‘quv yurti prorektor, dekan, kafedra mudir va bo‘lim boshliqlari, talabalar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda …

“Talabalar uchun Tadbirkor, Tadbirkor uchun Talaba”

Bugun, soat 11:00 da Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida to‘qimachilik sanoati ishbilarmonlari va talabalar o‘rtasida birinchi ochiq konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Jonli efirni tomosha qiling: Youtube (https://youtu.be/VvNfkx9CLHE) So’rovnomada faol ishtirok eting! 🔹Tadbirkorlar uchun (https://forms.gle/Q7S2jNf46qd7nXoX7)🔹Talabalar uchun (https://forms.gle/oxGRpzvYtAWtXQHV7)🔹O’qituvchilar uchun (https://forms.gle/rtdnLHPDLpRojkh97)

Stol tennisi sport musobaqasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda joriy yil 1-aprel kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida Yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasiga biriktirilgan “Muhandislar” mahallasi bilan hamkorlikda joriy yil 13-sentabr kuni Yakkasaroy tumanidagi Bolalar …

Birinchi kurs talabalari ishtirokida “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida uchrashuv

Institutning “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, kafedra qoshidagi “Yosh kimyogar” to‘garagi rahbari N.Saydaliyeva 1-kursga qabul qilingan 9-22 guruh talabalari bilan “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi. Davra suhbatida kafedra professori D.Xudoyberdiyeva, kafedra mudiri M.Xasanovalar so‘zga chiqib, yoshlar bilan qizg‘in savol-javob olib bordilar.

Shaxmat sport musobaqasi

Joriy yilning 15-sentabr kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining tyutori Sh.Mirzahmedov tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida 1-Talabalar turar joyi talaba-yoshlari о‘rtasida “Dо‘stlik spartakiadasi”ning shaxmat sport turi bо‘yicha musobaqa tashkil etildi.