Intervyu

“Talabalikka bag‘ishlov” tadbiriga “Chust Textile” XK korxonasi rahbari Jamshid Ismatullayev tashrif buyurib, bayram bilan yoshlarni qizg‘in muborakbod etdi. Shuningdek, korxona rahbariyati tomonidan talabalar uchun amaliy yordamlar kerak bo‘lsa doimo tayyor ekanligini, alohida ta’kidlab o‘tildi. Ma’lumot o‘rnida: “Chust Textile” XK 2007-yil tashkil etilgan bo‘lib, yuqori sifatli va narx boʻyicha erishimli trikotaj mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri …

Mustaqillik darslari

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati erta tongdan talabalarni kutib olib, barcha auditoriyalarda bilimlar kunining ilk darslari o‘tkazilmoqda. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida professor-o ‘qituvchilar tomonidan mustaqillik darslari tashkil etildi. Ushbu darslarda Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 15 ta eng muhim islohoti, Uchinchi renessans poydevori bo‘lgan yoshlarga yaratilgan keng …

Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining boshlanganligi munosabati bilan talabalar kutib olinmoqda. Shu jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham rahbariyat va talaba-yoshlar ishtirokida “Talabalikka bagʻishlov” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur uchrashuvni Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berib, institut rektorining bayram tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib …

Diqqat e’lon! Hurmatli professor-o‘qituvchilar, qadrli talaba-yoshlar!

Sizlarni 2022-yilning 5-sentabr kuni institut rahbariyati tomonidan tashkil etilayotgan yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan “Talabalikka bag‘ishlov” nomli tantanali tadbirimizga taklif etamiz! Manzil: TTYeSI bosh binosi hovli qismi, soat 08:00 da. Boshlanajak yangi o’quv yili barchangizga muborak bo’lib, ishlaringizda ulkan zafarlar olib kelsin!

TTJga talabalar joylashtirilmoqda.

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti mas’ul jamoasi tomonidan yangi o’quv yilida tahsil olish maqsadida turli viloyatlardan tashrif buyurayotgan talaba-yoshlar turargohga joylashtirilmoqda. Ma’lumot o’rnida: Institutning Talabalar turar-joyi 1530 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, fakultetlar kesimida yetarli qulayliklarga ega 4 ta turargoh binosi mavjud. Talabalar https://web.ttyesi.uz rasmiy saytidagi http://interaktiv.ttyesi.uz:8096/ platformasi orqali TTJga joylashish uchun ariza topshirib ro’yxatdan o’tishadi.

AQSHning Moda texnologiya instituti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi

2022-yilning 29-avgust kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti taklifiga ko‘ra, ta’lim dunyosi reytingida kuchli 5 likdan joy olgan, moda va dizayn bo‘yicha ixtisoslashgan Nyu-York moda instituti delegatsiyasi vakillari tashrif buyurib, rahbariyat bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv chog’ida ikki tomon o’rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari o’rnatilib, TTYeSIda qo‘shma fakultetni tashkil qilish ko’zda tutilmoqda. Fakultet yo’nalishlarini …