Tanishtiruv darslari

2022-yilning 7-sentyabr kuni o’quv yurtining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi professori I.A.Nabiyeva hamda ushbu kafedra dotsenti G.Q.Sodiqovalar tomonidan 1-kursga qabul qilingan talabalarga institut va kafedra faoliyati, xodimlar jamoasi bilan tanishtiruv darslarini o’tib berdilar.

Tanishtiruv darslari

Joriy yilning 5-7 sentabr kunlari Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakultetiga bakalavr ta’lim yo’nalishiga qabul qilingan 1-kurs talabalari bilan tanishuv darslari olib borildi. Fakultet dekani T.Murodov talabalarga dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari va fakultet tyutorlarini tanishtirib o’tdi. Shuningdek, talaba-yoshlarga kafedra mudirlari mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar berdi.

TTJda yashovchi qizlar bilan suhbat

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Xotin-qizlar Kengashi a’zolari va institut psixologi tomonidan Talabalar turar joyida yashovchi qizlar o‘rtasida suhbat tashkil etilib, mazkur jarayonlarda yangi o‘quv yili boshlanganligi munosabati bilan talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, har qanday vaziyatda Xotin-qizlar Kengashi mas’ullariga murojaat qilish kerakligi aytib o‘tildi.

Akademik almashinuv

Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining 2-kurs talabalari Kambarbekova Jazgul, Tulmonbayeva Elnuray 2022-yil 5-sentabrdan – 2023-yil 21-yanvargacha hamda 3-kurs talabalari Kilichbek qizi Aysezim, Djakipbekova Nurizalar 2022-yil 5-sentabrdan – 2023-yil 14-yanvargacha bо‘lgan muddat oralig‘ida institutning “Kostyum dizayni” kafedrasida almashinuv dasturi asosida о‘qishni boshladilar.

Yangi o’quv yili

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti dekani N.Mirzayev, dekan o’rinbosarlari A.Toshev, Sh.Mengnarov va fakultet tyutorlari 1-kurs talabalariga mutaxassislik kafedralari haqida tanishtirish ishlarini olib bordilar. Shuningdek, Axborot-resurs markazi direktori R.Garibyan tomonidan institut kutubxonasi faoliyati, mavjud adabiyotlar va ulardan samarali foydalanish to’g’risida to’liq ma’lumot berib o’tildi.

Mustaqillik darslari

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yangi o‘quv yili boshlanganligi sababli mustaqillik darslari tashkil etildi. Mazkur jarayonda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mansur Jumayev tomonidan she’riy misralar o’qib eshittirilib, o‘zbek adabiyotining bebaho xazinasi – yoshlar ma’naviy olamida g‘oyat ahamiyatli ekanligi aytib o‘tildi. Shuningdek, Institutning Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi Gularam …

DIQQAT E’LON! Qabul 15-sentabrga qadar uzaytirildi. SHOSHILING!

TTYeSI hamda  Vitebsk davlat texnologiya universiteti (Belarus) qoʻshma taʼlim dasturiga qabul davom etmoqda. Ta’lim yo’nalishi:Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va mo‘yna buyumlari) Ta’lim shakli: sirtqi, muddati 5 yil Hujjatlar 2022-yil 15-avgustga qadar https://t.me/TTYESIQABUL2022 telegram orqali amalga oshiriladi. Maʼlumot uchun: +998909685457 ВНИМАНИЕ! Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности и   Витебский государственный технологический университет …

DIQQAT E’LON!

Parij Xalqaro moda Akademiyasi (Fransiya) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qо‘shma fakulteti “Tikuv buyumlarini modellashtirish” bakalavriat ta’lim yо‘nalishi va “Kostyum dizayni va moda industriyasini boshqarish” magistratura mutaxassisligiga talabalarni qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishini ma’lum qilamiz! 2022-yilning 6-7 sentabr kunlari soat 14:00 da ta’lim yo‘nalishi talabgorlari uchun konsultatsiya bo‘lib o‘tadi.  Ijodiy imtihon …

IJARADA YASHAYOTGAN TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!!!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga muvofiq Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olib, Ijarada yashayotgan talabalarga 2022-yil Sentabr oyi uchun oylik ijara to‘lovining bir qismi to‘lab berilayotganini ma’lum qilamiz. Ariza beruvchi tomonidan oyning 7-sanasiga qadar …